14:39 / 20.09.2015
1992

Zlatan Ibrohimovich: Muxlislar gol urmayotganimdan xavotirlanishmasin

"PSJ" jamoasi hujumchisi Zlatan Ibrohimovich "Reyms"ga qarshi o‘tkazilgan o‘yindan keyin jurnalistlarga intervyu berdi.

"Men jarohatimdan butunlay tuzaldim. "Reyms"ga qarshi o‘yinda ham gol urishim mumkin edi, lekin imkoniyatdan foydalana olmadim.
Muxlislar mendan xavotirlanishmasin. Zlatan hech qayerga yo‘qolib qolgani yo‘q", deydi futbolchi.

Qayd etish kerakki, shvetsiyalik 31 yoshli hujumchi yangi mavsumda hali o‘z gollari hisobini ocha olmadi.

19 sentabr kuni "Reyms" bilan o‘tkazilgan o‘yinda ham u gol uravermagach, o‘yinga zaxiradan "PSJ"ning ikkinchi hujumchisi Edinson Kavani tushirildi va aynan urugvaylik futbolchi hisobni tenglashtiruvchi gol muallifiga aylandi.

Top