Sport | 08:21 / 21.09.2015
2425
1 daqiqa o‘qiladi

“Napoli” futbol klubi prezidenti yonayotgan yaxtadan vertolyot orqali evakuatsiya qilindi

“Napoli” futbol klubi prezidenti Aurelio De Laurentis Neapol qirg‘oqlari yaqinida turgan o‘zining yonib ketgan yaxtasidan vertolyot orqali evakuatsiya qilindi.

66 yoshli kinoprodyuser tomonidan sotib olingan yaxtada yong‘in chiqqanida u Neapol qirg‘oqlari yaqinida langarda turgan edi. Yong‘in Italiya A seriyasining “Napoli”-“Latsio” jamoalari uchrashuvidan bir necha soat oldin sodir bo‘ldi.

“Yaxshiyamki, hammasi yaxshi tugadi. Nima bo‘lganini bilmayman. Menimcha qisqa tutashuv bo‘lgan”, deb aytdi De Laurentis.

Italiya terma jamoasining sobiq sardori Fabio Kannavaro o‘zining Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yaxta yonayotgani aks etgan videoni joylashtirgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish