Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh davlat kotibi: Suriyadagi inqirozni faqatgina siyosiy yo‘l bilan hal qilish mumkin
AQSh davlat kotibi Jon Kerri Suriyadagi inqirozni faqatgina siyosiy yo‘l bilan hal qilish mumkinligini aytdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Kerri bu haqda Berlinda Germaniya tashqi ishlar vaziri Frank Valter Shtaynmayyer bilan uchrashuvdan keyin aytdi.
“Siyosiy yechim – Suriya inqirozi uchun yagona imkoni bor yechimdir”, deb ta'kidlab o‘tdi Kerri.
Shtaynmayyer, o‘z navbatida, “Suriyadagi urush agar Turkiya, Saudiya Arabistoni, Eron va Rossiya ishtirokidagi xalqaro hamjamiyat umumiy javobgarlikni qabul qilsa tugashini” aytdi hamda “Suriyadagi qon to‘kilishini to‘xtatish uchun” nafaqat siyosiy, balki ma'naviy javobgarlikni his qilishini qo‘shimcha qildi.