18:03 / 21.09.2015
2600

Bekobodda spirtli ichimliklar ishlab chiqaruvchi noqonuniy sex faoliyatiga chek qo‘yildi

Bekobod tuman SVOJJDLQK departamenti xodimlari o‘tkazgan tekshiruv davomida spirtli ichimliklar ishlab chiqaruvchi noqonuniy sex faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.

Aytilishicha, Aliya Kim ismli ayol belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tmasdan, hech qanday hujjatsiz spirtli ichimliklar ishlab chiqarib kelgan. U qo‘shnisi Sh. Rayimovaga 20 ming so‘mga 4 shisha aroq sotayotganida qo‘lga olindi.

Javobgarning xonadonidan 9 xil turdagi 0.5 l hamjda bo‘lgan 163 dona qo‘lbola aroq hamda 20 l vino, 34.5 l spirt topildi.

Tsex faoliyati to‘xtatilib, uning egasi sudga tortildi.

Top