20:36 / 21.09.2015
2660

Belarusdan Rossiyaga tarvuz yetkazib berish hajmi 7 marta oshdi

Belarusdan Rossiyaga tarvuzlar importi o‘tgan yilga nisbatan 7 marta, pul ifodasida esa 3,4 marta oshdi. Bu haqda Belarus OAVlari ma'lum qildi.

2015 yilning yarim yilida Rossiyaga yetkazib berilgan Belarus tarvuzlarining miqdori 296 tonnani tashkil qildi. Bu o‘tgan yildagi butun yil davomida yetkazilgan tarvuzlar miqdori – 289 tonnadan ko‘proqni tashkil qildi.

Nashrlarning ta'kidlashicha, bu holat Belarus kompaniyalari Rossiyaning oziq-ovqat embargosidan foydalanib daromad olishni o‘rganib olganlarining yana bir karr isbotidir.

Bundan avval TASS axborot agentligi FruitNews portali ma'lumotlariga tayangan holda, Belarus kivi yetishtirmasa ham, Rossiyaga kivi yetkazib berish bo‘yicha yetakchi bo‘lganini ma'lum qilgandi.

Top