Jahon | 16:24 / 21.09.2015
3936
1 daqiqa o‘qiladi

DM: Rossiyaning Belarusdagi aviabazasi Boltiqbo‘yini “asabiylashtiradi”

Belarusda Rossiya harbiy aviabazasining yaratilishi Polsha va Boltiqbo‘yi davlatlarining “asabiga tegadi”, deb hisoblaydi The Daily Mail.

O‘tgan juma Vladimir Putin Belarusda aviabaza yaratish bo‘yicha kelishuv imzolanishi haqida ko‘rsatma berdi. Rossiyaning bunday zonani tanlashiga sabab Belarusning Ukraina hamda NATOning uch a'zosi – Litva, Latviya, Polsha bilan umumiy chegaralarga ega ekanligidir.

Ammo bu holat Boltiqbo‘yi davlatlari rahbariyatining xavotiriga sabab bo‘lmoqda.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakat hududida Rossiya bazasining ochilishi haqidagi axborotga hozircha hech qanday munosabat bildirmadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish