Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google 29 sentabrda Android’ning yangi versiyasi taqdimotini o‘tkazadi
Google kompaniyasi 29 sentabrda San-Frantsiskoda bo‘lib o‘tadigan matbuot-tadbiriga jurnalistlarga taklifnoma yuborishni boshladi. Kutilishicha, ushbu tadbirda Android operatsion tizimining yangi versiyasi Android 6.0 Marshmallow hamda Nexus va Chromecast seriyasidan o‘rin olgan yangi smartfonlarning taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Nexus seriyasidan o‘rin olgan Huawei va LG kompaniyalarining yangi smartfonlari namoyish qilinishi ehtimoli katta. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Huawei 5,7 dyuymli disleyga ega Nexus 6P, LG esa 5,2 dyuymli disleyga ega Nexus 5X modellarini ishlab chiqargan.
Yangi Chromecast asl striming-gadjyetga ko‘ra tezroq va kattaroq bo‘lishi mumkin. U simsiz striming musiqaga mo‘ljallangan yana bitta kichik qurilma Chromecast Audio bilan birga namoyish qilinishi mumkin.