Texnologiya | 22:39 / 21.09.2015
2080
2 daqiqa o‘qiladi

Hyundai kompaniyasi Veloster’ning keyingi avlodini Yevropada sotmaydi

Hyundai kompaniyasi Veloster xetchbekining ikkinchi avlodini Yevropa bozorida sotmoqchi emas. Bu haqda Janubiy Koreya kompaniyasining mahsulot bo‘limi rahbari Raf van Nyuffelga asoslanib, carzone.uz xabar bergan.

«Yevropaliklar ikkinchi avlod Hyundai Veloster’ini kutmasa ham bo‘ladi. Ayni vaqtda, yangi model AQSh bozorida paydo bo‘ladi, biroq qanday ko‘rinishda bo‘lishi — hozircha noma'lum», — dedi Nyuffel.

Autofans.be nashrining taxminiga ko‘ra, keyingi «Veloster»ning dvigateli orqa va old o‘qlar oralig‘iga joylashtirilishi mumkin. Hyundai bundan avval ham motorni shunday joylashtirish bo‘yicha tajriba o‘tkazgan: Veloster’ning hozirgi avlodi negizida ishlab chiqilgan RM15 prototipining motori o‘rtada joylashgan edi.

Kontsept hajmi 2 lirt bo‘lgan, to‘rt silindrli, quvvati 300 ot kuchiga teng turbo-dvigatel bilan ta'minlangan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish