Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya Primerasi, 4-tur: “Barselona” “Levante”ni yengib, jadvalda yana 1-o‘ringa ko‘tarildi
20 sentabrda Ispaniya Primerasining 4-turi doirasida “Barselona” o‘z maydonida “Levante”ni qabul qildi.
Uchrashuvning 1-bo‘limida ikkala jamoaning raqib darvozasini ishg‘ol qilishga urinishlari besamar ketdi. “Barsa” 2-bo‘limda o‘yin sur'atini oshirib, 11 daqiqa ichida 3 marta raqib darvozabonini o‘z darvozasidan to‘pni olib chiqishga majbur qildi: Mark Bartra 50-daqiqada, Neymar 56-daqiqada va Messi 61-daqiqada urgan to‘plari evaziga hisob 3:0 ko‘rinish keldi. 66-daqiqada mehmon jamoa Viktor Kasadesusning goli evaziga hisobdagi farqni bittaga kamaytirdi. 75-daqiqada Messi 11 metrlik jarima to‘pini amalga oshira olmadi, biroq 90-daqiqada o‘z mahoratini yana bir ko‘rsatib, o‘yinda 4:1 ko‘rinishidagi yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Barselona – Levante – 4:1
Gollar: Bartra, 50 (1:0); Neymar, 56 (2:0); Messi, 61 (3:0, pen); Kasadesus, 66 (3:1); Messi, 90 (4:1).
Amalga oshirilmagan penalti: Messi, 75 (Barselona).
Turning yana bir uchrashuvida “El-Madrigal” stadionida mezbon jamoa “Vilyarreal” Bilbaoning “Atletik” klubini kutib oldi. Uchrashuv 3:1 hisobida “submarinalar” foydasiga hal bo‘ldi. Mezbonlar safida gollarni 43-daqiqada penaltidan Bruno Soriano, 67-daqiqada Mario Gaspar va 80-daqiqada Leo Baptistau kiritdi. Mehmon jamoa hujumchisi Arits Aduris o‘yin oxiriga qo‘shib berilgan vaqtda bitta javob to‘pini kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Vilyarreal – Atletik B – 3:1
Gollar: Soriano, 43 (1:0, pen); Gaspar, 67 (2:0); Baptistau, 80 (3:0); Aduris, 90+2 (3:1).
Turning yana bir uchrashuvida Xixonning “Sporting” klubi mehmonda “Deportivo”ni mavsumdagi birinchi mag‘lubiyatini tan olishga majbur qildi. Uchrashuv 2:3 hisobida xixonliklar foydasiga yakunlandi. Barcha 5ta to‘p 1-bo‘limning o‘zidayoq kiritildi. Mezbonlar safida to‘plarni Xuanfran va Luis Alberto, mehmonlar safida esa ikki marta Arnaldo Antonio Sanabriya va bir marta Alexandro Menendes kiritdi. “Deportivo” mavsumdagi birinchi mag‘lubiyatiga uchradi, “Sporting” esa birinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Deportivo – Sporting – 2:3
Gollar: Sanabriya, 4 (0:1); Sanabriya, 8 (0:2); Xuanfran, 16 (1:2); Alberto, 28 (2:2); Menendes, 34 (2:3).
Yana bir uchrashuvda “Rayo Valekano” mehmonda “Las-Palmas”ni minimal ustunlik bilan yutdi. Uchrashuvdagi yagona to‘pni Xavi Gerra kiritdi
Las-Palmas – Rayo Valekano – 0:1
Gol: Gerra, 42 (0:1).
“Sevilya” o‘z maydonida “Selta”ga 1:2 hisobida yutqazib qo‘ydi. Mehmonlar 15-daqiqada Nolitoning to‘pi evaziga oldinga chiqib oldilar, 26-daqiqada esa Daniel Vassning sa'y-harakatlari tufayli o‘yindagi hisobni 0:2 ko‘rinishiga keltirdilar. Unai Emeri shogirdlari qolgan vaqt mobaynida faqatgina 54-daqiqada Fernando Lorentening to‘pi evaziga hisobdagi farqni kamaytirishga muvaffaq bo‘la oldilar, xolos.
“Sevilya” 2 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 19-o‘rinni egallamoqda, “Selta” esa Madridning “Real” klubi kabi 10 ochko to‘plagan holda 2-o‘rinni egallamoqda.
Sevilya – Selta – 1:2
Gollar: Nolito, 15 (0:1); Vass, 26 (0:2); Lorente, 54 (1:2).
Chetlatish: Xonni, 90+1 (Selta)