Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Luis Enrike: “Messi penaltini ura olmagani uni oddiy inson qiladimi? Menimcha yo‘q”
“Barselona” bosh murabbiyi Luis Enrike Ispaniya primerasining 4-turidan o‘rin olgan “Levante”ga qarshi uchrashuv borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv 4:1 hisobida kataloniyaliklar foydasiga hal bo‘ldi.
“Himoyada o‘tirib oladigan jamoa bilan o‘ynash har doim qiyin. 2-bo‘limda osonroq bo‘ladi, chunki raqib charchashni boshlaydi.
Bartra jamoa uchun katta foydasi tegadi. U bugun ham ajoyib o‘ynadi – sheriklariga yaxshi paslar berdi, gol urishga ishtiyoqi baland bo‘ldi va bunga erishdi. Mukammal o‘yin.
Biz o‘yin tizimini o‘zgartirishimiz kerak. Bu bizni raqib uchun kamroq darajada oydinroq qiladi.
Sandro va Muniraning o‘yinidan ko‘nglim to‘ldi. Ular kelajak o‘yinchilari. Ular bizga kerak bo‘ladilar, ular bizga yordam beradilar.
Boshqa bir darvozabon o‘ziga shubhalanishni boshlardi. Biroq Ter Stegen emas. Unga ba'zida omad kulib boqmaydi, biroq u “Barsa” uslubida harakat qiluvchi darvozabon.
Messi penaltini ura olmagani uni oddiy inson qila oladimi? U dubl qayd qildi va golli uzatma amalga oshirdi. Menimcha, hali ham bu insonlarga xos emas”, deb aytdi Enrike.