00:48 / 21.09.2015
2923

MAGATE rahbari avval agentlik uchun yopiq bo‘lgan Eronning Parchinidagi harbiy obektga tashrif buyurdi

MAGATE bosh direktori Yukiya Amano Eronning Parchin shahridagi harbiy obektga tashrif buyurdi. Eron uzoq vaqt davomida bu obektga ma'lum qilinmagan yadroviy faoliyatni tekshirish uchun kirmoqchi bo‘lgan agentlik xodimlarini qo‘ymagan. Bu haqda MAGATE saytida ma'lum qilindi.   

Saytdagi xabarda qayd etilishicha, Amano Tehronga tashrifi davomida Eron prezidenti Hasan Ruhoniy, Eron atom energiyasi tashkiloti prezidenti Ali Akbar Salohiy va Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif hamda Eron parlamenti a'zolari bilan uchrashdi.

Eronning yuqori lavozimdagi shaxslari bilan “qo‘shma umumiy harakatlar rejasiga muvofiq, yadro sohasi bilan bog‘liq chora-tadbirlarni tekshirish va monitoring qilish” muhokama qilindi.

Top