Jahon | 18:41 / 21.09.2015
4285
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Makkada yong‘in tufayli mehmonxonadan 1,5 ming nafar haj ziyoratchisi evakuatsiya qilindi

Saudiya Arabistoniga haj amalini ado etgani kelgan kamida 1,5 ming ziyoratchi Makkadagi mehmonxonada chiqqan yong‘in tufayli evakuatsiya qilindi. “Al-Vafd” gazetasi elektron versiyasining ma'lum qilishicha, yong‘in oqibatida yamanlik 4 kishi jarohat olgan. 

Qirollik mudofaa kuchlari 15 qavatli turar-joy majmuasida chiqqan yong‘inni barataraf etishga muvaffaq bo‘lishdi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘in mehmonxonaning 11-qavatidagi xonalarning birida elektr simidagi nosozlik tufayli sodir bo‘lgan. Qutqaruvchilar “odamlarning hayotiga hech narsa xavf solmayotganini” tasdiqlaganlaridan keyin, ziyoratchilar yana o‘z xonalariga qaytganlar.

17 sentabrda yong‘in tufayli asosan osiyolik ziyoratchilar joylashgan mehmonxonadan mingdan ziyodroq ziyoratchi evakuatsiya qilingan edi. Yong‘in 11 qavatli mehmonxonaning 8-qavatida yuz bergan, oqibatda 2 kishi jarohat olgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish