Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq Uy texnik maslahatchisi veloavariyada halok bo‘ldi
Oq Uy xodimi Jyeykob Bryuer Merilend shtatining Xauard okrugida o‘tkazilayotgan xayriya kechasida halok bo‘ldi.
NBC telekanalining xabar qilishicha, u velosipedda ketayotganida nazoratni qo‘ldan boy berib, muyulishda teskari yo‘ldan kelayotgan avtomobilga urilgan.
Bryuer Oq Uy ilmiy-texnik siyosati boshqarmasida katta maslahatchi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
“Maslahatchilarimdan biri, Jyeykob Bryuerning vafoti tufayli chuqur qayg‘uga botdim”, - dedi AQSh prezidenti Barak Obama o‘z bayonotida.
Hujjatda aytilishicha, Bryuer hayotini hukumat faoliyatini yaxshilashga, uning jamoatchilik bilan aloqalarini yaqinlashtirishga sarfladi.