22:45 / 21.09.2015
2024

SIRIZA va «Mustaqil greklar» koalitsiyasi Gretsiya parlamentida mutlaq ko‘pchilikni qo‘lga kiritdi

Gretsiyada o‘tkazilgan muddatdan avvalgi parlament saylovlaridagi ovozlar hisoblanishi yakunlangandan keyin SIRIZA va «Mustaqil greklar» koalitsiyasi parlamentdagi 300 ta o‘rindan 155 tasini qo‘lga kiritdi.

SIRIZA so‘l radikallari 35,46 foiz ovoz olishga muvaffaq bo‘lishdi va bu ularga parlamentdagi 145 ta o‘rinni ta'minladi, “Yangi demokratiya” esa 28,09 foiz yig‘ib, 75 ta o‘rin oldi.

Koalitsiyaning yangi ikkita partiyasi yetakchilari Aleksis Tsipras va Panos Kammenos yangi
hukumatni shakllantirish masalasini muhokama qilishga kelishib oldilar.

Uchta yetakchidan tashqari parlamentga “Oltin tong”, PASOK, “Potami”, “Tsenstristlar ittifoqi” va Gretsiya kompartiyasi deputatlari ham kirdi.

Top