O‘zbekiston | 12:10 / 21.09.2015
3274
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda “Ta'lim va mutaxassislik” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 25-27 sentabr kunlari “Yoshlar ijod saroyi”da kasb va ta'limga yo‘naltirilgan mahalliy va xorijiy o‘quv yurtlari bilan yoshlarni yaqindan tanishtirish va bandlikka ko‘maklashishga qaratilgan keng qamrovli “Ta'lim va mutaxassislik” XIII xalqaro ko‘rgazmasi o‘tkaziladi. Bu haqda “Kamolot” YoIH veb-sayti orqali xabar qilindi.

Tadbir tashkilotchilari O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tashabbusi bilan, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklaridir. Unda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan barcha oliy ta'lim muassasalari, xorijdagi nufuzli oliy o‘quv yurtlari va ularning O‘zbekistondagi filiallari, xorijda ta'lim olishga ko‘maklashuvchi tashkilotlar, o‘quv kurslari hamda bandlikka ko‘maklashuvchi markazlar ishtirok etadilar.

Shuningdek, ko‘rgazmada Toshkent shahridagi bandlikka ko‘maklashuvchi markazlar hamda respublikamizda faoliyat yuritayotgan davlat va nodavlat tashkilotlar, yirik kompaniyalarda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma'lumotlar beriladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish