Jamiyat | 23:19 / 21.09.2015
2531
2 daqiqa o‘qiladi

Yakutiyada yashagan tojikistonlik terrorchilarga moliyaviy ko‘mak bergani uchun 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Yakutiyada yashagan tojikistonlik fuqaro “Tolibon” xalqaro terrorchilik harakati faoliyatini moliyalashtirgani uchun 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining hududiy boshqarmasi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Tojikistonlik “Terrorchilik faoliyatiga qo‘mak berish” moddasi bo‘yicha aybdor deb topildi. Tergov ayblanuvchining elektron pochta orqali o‘zining tanishi – Pokiston hukumat qo‘shinlariga qarshi janglarda kurashgan, “Tolibon” harakati funktsionerlaridan biri bilan aloqa qilgan.

“Ayblanuvchining tanishi o‘z maktublarida nafaqat Afg‘oniston va Pokistonda “imonsizlarga” qarshi “jihod” o‘tkazishga moliyaviy ko‘mak, balki Yakutiyada terrorchilarning yashirin tuzilmalarini yaratishda ko‘mak berishni so‘ragan. Ayblanuvchi tanishidan olgan topshiriqlarga ko‘ra bir necha bor Pokistonga terrorchilik tashkilotining soxta bank hisob raqamlariga pul o‘tkazgan”, deb ta'kidlanmoqda xabarda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish