Sport | 19:02 / 21.09.2015
1732
1 daqiqa o‘qiladi

“Borussiya D” Bundesligada mavsumni omadli boshlash bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi

Dortmundning «Borussiya» klubi 2015/16 yilgi mavsumni omadli boshlash orqali Bundesliga rekordini yangiladi.

Tomas Tuxel jamoasi besh o‘yinda beshta g‘alabaga erishdi va 18ta gol urdi. Gollar farqi esa «+15»ga teng.

Shunday qilib, dortmundliklar «Bavariya»ning 2012/13 yilgi mavsumdagi rekordini yangilashdi. O‘shanda myunxenliklar ham beshta o‘yinda g‘alaba qozongan, biroq bitta kam gol urgan edi.

Beshta o‘yinda 18ta golli natijaga «Kyoln» jamoasi so‘nggi bor 1977/78 yilgi mavsumda erishgan edi. O‘shanda jamoa 19 gol urgan, biroq bir marta mag‘lubiyatga ham uchragandi.

Aytish joizki, o‘sha mavsumlarda «Bavariya» va «Kyoln» mavsum yakunida Germaniya chempioni bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish