23:33 / 22.09.2015
3556

“Chelsi” shifokori Yeva Karneyro jamoani tark etishga qaror qildi

Angliya Premer-ligasining 1-turida “Chelsi”ning “Suonsi”ga qarshi uchrashuvida (2:2) “Chelsi” bosh murabbiyi Joze Mourinyu klub shifokori Yeva Karneyroning harakatlaridan norozi bo‘lib, uni tanqid qilgandan keyin, ayol shifokor klubning mashg‘ulotlari va o‘yinlaridagi ishidan chetlashtirilgan edi. 

Karneyro uchrashuvning oxirgi daqiqalarida bitta o‘yinchiga kam bo‘lib harakatlanayotgan “Chelsi”ning jarohat olgan yarimhimoyachisi Eden Azarga yordam bermoqchi bo‘lib maydonga chiqqani Mourinyuga yoqmagan.

“Chelsi” Karneyroga ishga qaytishni taklif qildi, biroq rad javobini oldi. Ayni paytda 42 yoshli shifokor o‘zining huquqiy pozitsiyasini baholamoqda.

Angliya futbol uyushmasi ushbu holat yuzasidan tergov olib bormoqda va Mourinyuni ushbu qilmishi uchun bir necha o‘yinga chetlatishi mumkin.

Top