19:05 / 22.09.2015
2601

2015 yilda Yevropaga borish yo‘lida 2970 nafar muhojir halok bo‘lgan

21 sentabr kuni holatiga ko‘ra, 2015 yil boshidan buyon Yevropaga yetib olish maqsadida yo‘lga chiqqan muhojirlardan 2870 nafari O‘rta Yer dengizi suvlarida halok bo‘lgan. Bu haqda Migratsiya masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilot ma'lumotida aytildi.

Ma'lum qilinishicha, muhojirlarning o‘limi bilan bog‘liq oxirgi holat 17 sentabr kuni yuz berdi va o‘sha kuni kema cho‘kishi tufayli 57 kishi halok bo‘ldi.

YUNISEF ma'lumotlariga ko‘ra, Yevropa mamlakatlaridan boshpana so‘rab murojaat qilganlarning 1/4 qismi voyaga yetmaganlar hisoblanadi.

2015 yilning 7 oyi natijalariga ko‘ra, Yevropa mamlakatlaridan boshpana so‘rab kelgan muhojirlarning 133 ming nafari bolalar bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2014 yildagiga qaraganda 80 foiga ko‘p demakdir.

22-23 sentabr kunlari Bryussel shahrida YeI rahbarlari ishtirokida uchrashuv o‘tkaziladi. BMTning qochqinlar masalalari bo‘yicha Bosh boshqarmasining rasmiy vakili Melissa Flemingning aytishicha, bu uchrashuv "mavjud krizisni bartaraf etish" uchun oxirgi imkoniyat bo‘ladi. Bu uchrashuvda qo‘shimcha 120 ming nafar muhojirga joy berish masalasi muhokama qilinishi kutilmoqda.

Boshqarma ma'lumotiga ko‘ra, shu vaqtgacha Yevropa hududiga kirib kelgan muhojirlar soni 477 mingdan oshgan. Yil oxiriga borib bu ko‘rsatkich 1 mln nafarga yetishi kutilmoqda.

Top