16:07 / 22.09.2015
5142

Aleks Fergyuson: "MYu"dagi 26 yillik faoliyatim davomida atigi 4 nafar yuqori toifali futbolchi bilan ishlaganman

"Manchester Yunayted" klubi sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson mankunianliklar boshqaruvi davrida qo‘l ostida to‘p surgan futbolchilardan faqat 4 nafarini dunyo darajasidagi futbolchi deb tan olishini bildirdi.

"Men o‘z kitobimda ayni vaqtda faoliyatini davom ettirayotgan futbolchilar ichida faqat ikkisi - Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu dunyo darajasida ekanini aytgan edim.

Men "MYu"dagi 26 yillik faoliyatim davomida qo‘l ostimda to‘p surgan futbolchilarni kamsitish yoki tanqid qilishni istamayman, ammo ular orasidan faqat 4 nafari dunyo darajasida edi - Erik Kantona, Rayan Gigz, Pol Skoulz va Krishtianu Ronaldu.

Ular orasida Ronaldu xuddi archa ustida yorqin nur sochib turadigan yulduzcha misol ajralib turar edi", - deb uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Daily Mail nashri.

Top