Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAAda hamkasbining qo‘lidan o‘pgan xorijlikka qamoq jazosi belgilandi
Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) yashovchi fuqaro hamkasbining qo‘lidan o‘pgani uchun uch oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda GulfNews nashri bergan ma'lumotlarga tayanib TASS axborot agentligi xabar tarqatdi.
Manbada yozilishicha, xorijiy aviakompaniyalardan birida faoliyat olib boruvchi xodim mazkur jinoyatni joriy yil boshida sodir etgandi. U kompyuterda olib borilgan test sinovlaridan keyin hamkasbining qo‘lidan o‘pib olgan. BAA sudi mazkur holatni yarim yil davomida ko‘rib chiqdi va ayollarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlikda ayblangan xodimga qamoq jazosi tayinlandi.
Mahalliy sudyalardan birining aytishicha, jinoyatchi qamoq jazosini o‘tab bo‘lgach, BAA hududidan deportatsiya qilinadi. Shuningdek u xodim sud qarori bo‘yicha apellyatsiya berishi mumkinligini, lekin o‘z foydasiga biror o‘zgarish qilish imkoniyati amalda yo‘q ekanini ham ta'kidlab o‘tgan.
Amirlik huquq-tartibot idoralari mazkur holatga o‘xshash holatlarga har oyda o‘n martalab duch kelishadi. Mamlakat qonunchiligida islom huquqlari va madaniy an'analariga ko‘ra har bir erkak begona ayolga ortiqcha harakat qilishi jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilab qo‘yilgan.
GulfNews tahlilchilari xorijliklarga, ayniqsa sayyohlarga BAA hududidagi ayollarga murojaat qilmaslikni tavsiya qilishadi. Agar muomala qilishga majbur holatlar bo‘lganida ortiqcha hazil va qo‘pollik qilmaslikni ham maslahat berishgan.