Sport | 11:49 / 22.09.2015
3399
2 daqiqa o‘qiladi

Braziliya hukumati 2016 yilgi Olimpiada o‘yinlari shiorini tanladi

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahridagi Olimpiada-2016 o‘yinlarini o‘tkazish kampaniyasi shiori sifatida “Hammamiz – Braziliyadamiz” iborasi tanlandi. Bu haqda Folha de Sao Paulo nashri xabar berdi.

Uning ma'lumotlariga ko‘ra, mazkur shiorni tanlash to‘g‘risidagi qarorni shaxsan mamlakat prezidenti Dilma Russeff o‘zining jamoatchilik bilan aloqalariga javob beruvchi idorasi xodimlari bilan olib borgan qator maslahatlashuvlardan so‘ng qabul qilgan.

Braziliya hukumati tomonidan inkor qilingan shiorlar orasida “Ter oltinga aylanadi” atamasi ham bor edi.

Tasdiqlangan shior foydalanilgan reklama kampaniyasi qiymati tegishli vazirliklar buning uchun qancha miqdorda mablag‘ ajratishiga bog‘liq. Federal hukumat tasdiqlagan umumiy byudjyet esa 5,3 mlrd brazil reali (1,36 mlrd dollarga yaqin)ni tashkil etadi.

XXXI yozgi Olimpiada 2016 yil 5-21 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu Janubiy Amerikada bo‘lib o‘tgan birinchi Olimpiya o‘yinlari sifatida tarixda qoladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish