08:26 / 22.09.2015
2178

Burkina-Fasoning vaqtinchalik prezidenti Fransiya elchixonasidan boshpana oldi

Burkina-Fasoning vaqtinchalik prezidenti Mishel Kafando Fransiyaning Uagadugudagi elchixonasiga keldi.

Fransiyaning bu mamlakatdagi elchisi Jil Tibo Kafandoning boshpana so‘rab murojaat qilgani va rozilik olgani haqidagi xabarni tasdiqlagan.

Bundan oldinroq Burkina-Faso harbiylari tomonidan tuzilgan milliy demokratlar kengashi rahbari general Jilber Dendre davlat to‘ntarishi natijasida garovga olingan prezident Mishel Kafandoni ozodlikka chiqargandi.

Fransiya prezidenti Fransua Olland bu voqealarga keskin tanqid bilan qaragan va harbiylar tomonidan zo‘ravonlik bilan hokimiyatning egallanishini finta sifatida baholagandi.

Top