Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron: Suriya bo‘yicha har qanday reja Asadning ishtirokini ko‘zda tutishi kerak
Suriyada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha har qanday rejada amaldagi prezident Bashar Asadning ishtiroki ko‘zda tutilishi lozim. Bu haqda Eron TIV o‘rinbosari Husayn Amir Abdullohiyon matbuot anjumani chog‘ida aytib o‘tdi.
“Biz Rossiya TIV o‘rinbosari Mixail Bogdanov bilan Suriya bo‘yicha samarali fikr almashdik, - dedi u. – Bilasizki, Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif Asad bilan uchrashuv chog‘ida unga barqarorlashtirishning yangi siyosiy g‘oyalarini taqdim etdi. Asaddan ham bu borada juda yaxshi g‘oyalar olindi.
Kecha, 21 sentabr kuni, Moskvada bu g‘oyalarning barchasini muhokama qildik”.
Uning ta'kidlashicha, Rossiya va Eron Suriya inqirozdan chiqishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi.