Jahon | 10:39 / 22.09.2015
1846
2 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyadagi yirik aviatashuvchi mamlakatdagi o‘rmon yong‘inlari tufali 400dan ziyod reysni bekor qildi

Indoneziyadagi yirik Garuda Indonesia aviatashuvchisi sentabr oyida o‘rmon yong‘inlari sababli vujudga kelgan quyuq tutunlar sababli mamlakatdagi katta shaharlar o‘rtasida tashkil etlgan 400dan ziyod reyslarni bekor qildi. Bu haqda seshanba, 22 sentabr kuni Jakarta Globe nashri xabar berdi.

“Ko‘rish darajasining pastligi sababli bir qator aeroportlar, jumladan, Surabaya, Kalimantanda 449ta reys xavfsizlikni ta'minlash maqsadida bekor qilindi”, - deyiladi aviatashuvchi bayonotida.

Indoneziya fuqaro aviatsiyasi talablariga ko‘ra, parvozlarni amalga oshirish uchun eng qisqa ko‘rish masofasi 800 metrni tashkil etishi lozim. Biroq kuchli yong‘inlar tufayli bir qator aeroportlarda ko‘rish masofasi 100 metrdan oshmayapti.

Bir oydan ko‘proq vaqt o‘tmoqdaki, Indoneziyaning qator provinsiyalarida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda. Ulardan hosil bo‘lgan tutun qo‘shni Malayziya va Singapurga ham yetib borgan. Dehqon va kichik korxonalar ishchilari changalzorlarni yoqish orqali xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun yer ochishadi. Quruq ob-havo esa ayrim yong‘inlarning katta maydonlarni egallab olishiga sabab bo‘lmoqda. Natijada o‘t o‘chirish xizmati vakillari ularni bartaraf etishning uddasidan chiqa olmay qolishmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish