O‘zbekiston | 19:24 / 22.09.2015
2298
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda bolalar farovonligini ta'minlash bo‘yicha monitoring guruhi tuziladi

Jizzax viloyati Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan BMT YuNISEF Xalqaro Bolalar fondining moliyaviy ko‘magida "Jizzax viloyatida bolalar farovonligining monitoringi" loyihasi amalga oshirilmoqda.

Viloyatda onalik va bolalikni muhofaza qilish ishlarining samaradorligini oshirish maqsadida monitoring guruhi tuzilishi rejalashtirilmoqda, deb xabar beradi hokimlikning axborot xizmati.

Bu orqali mavjud muammolarni hal etish uchun monitoring qilish bo‘yicha harakat rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha tegishli tashkilotlar vakillari hamda nodavlat notijorat tashkilotlar mahalliy darajasida samarali monitoring tizimini muvofiqlashtirishga erishiladi.

Shuningdek, mazkur loyiha doirasida viloyatning Arnasoy tumanidagi “G‘uncha”, “Navro‘z”, Zomin tumanidagi “Do‘stlik”, “Boychechak” va Jizzax shahridagi “Navro‘z”, “Shabboda” maktabgacha ta'lim muassasalari tanlab olinib, ushbu muassasalardagi bolalar o‘rtasida gelmintozlar bilan zararlanish darajasini kamaytirish hamda kelgusida oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib boriladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish