01:40 / 22.09.2015
6637

KUN.UZ dayjesti: 21 sentabrda ro‘y bergan eng asosiy xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 21 sentabr kuni ro‘y bergan eng asosiy xabarlarni takroran havola etamiz.

O‘zbekiston Xalq artisti Obid Yunusov olamdan o‘tdi>>

Bugun, 21 sentabr kuni 04:50larda O‘zbekiston Xalq artisti, Obid Yunusov 81 yoshida olamdan o‘tdi

Pop-Qo‘qon-Andijon temir yo‘l uchastkasi elektrlashtiriladi>>

Yaqinda O‘zbekiston temir yo‘lchilari 186 km uzunlikdagi Pop-Qo‘qon-Andijon temir yo‘l uchastkasini elektrlashtirishga kirishadi

Harbiy xizmat o‘tamaganlarning pullari qaytariladi>>

Vazirlar Mahkamasining 16 sentabrdagi 267-sonli qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun safarbarlik chaqiruv rezervidagi xizmatni tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi

Suriyalik isyonchilar Rossiyaga “Ikkinchi Afg‘oniston”ni va'da qilmoqda>>

Agentlik Bashar Asad rejimi hamda IShIDga qarshi kurashayotgan suriyalik isyonchilar saflarida so‘rovnoma o‘tkazdi

Makka shahrida 1,3 mln ziyoratchi haj ibodatlarini ado etadi>>

Saudiya Arabistoni 2015 yilda haj ibodatlarini ado etish istagidagi ziyoratchilarni qabul qilishni to‘xtatdi. Makka shahriga kelgan hojilarning umumiy soni 1,3 million nafardan oshdi

Netanyaxu Rossiyaga kelgani sabablarini oydinlashtirdi>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvaga tashrif buyurgan Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan uchrashdi

AQSh Estoniyaga 12 dona hujumchi samolyotni joylashtiradi>>

AQSh Estoniya hududiga 12 dona A10 hujumchi samolyotini joylashtirishni mo‘ljallamoqda

Putin Yaqin Sharqda Rossiyaning harakatlari doimo mas'uliyatli bo‘lganini ta'kidladi>>

Rossiyaning Yaqin Sharqdagi harakatlari doimo mas'uliyatli bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi, deb aytdi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan uchrashuvi davomida

OAV: Makkada yong‘in tufayli mehmonxonadan 1,5 ming nafar haj ziyoratchisi evakuatsiya qilindi>>

Saudiya Arabistoniga haj amalini ado etgani kelgan kamida 1,5 ming ziyoratchi Makkadagi mehmonxonada chiqqan yong‘in tufayli evakuatsiya qilindi. “Al-Vafd” gazetasi elektron versiyasining ma'lum qilishicha, yong‘in oqibatida yamanlik 4 kishi jarohat olgan

O‘zbekistonda paxtachilik sanoatida bolalar mehnatidan foydalanish holati bo‘yicha monitoring o‘tkaziladi>>

O‘zbekistonda paxtachilik sanoatida bolalar mehnatidan foydalanish holatini tekshirish maqsadida bundan avval ham, 2013 2014 yillarda  xalqaro monitoring o‘tkazilgandi

Gretsiyadagi parlament saylovida Radikal so‘l kuchlar koalitsiyasi 35,47 foiz ovoz to‘plab g‘olib bo‘ldi>>


Aleksis Tsipras boshchiligidagi Radikal so‘l kuchlar koalitsiyasi Gretsiyada yakshanba, 20 sentabr kuni o‘tkazilgan muddatdan avvalgi parlament saylovlarida 35,47 foiz ovoz to‘plab g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

AQSh davlat kotibi: Suriyadagi inqirozni faqatgina siyosiy yo‘l bilan hal qilish mumkin>>

AQSh davlat kotibi Jon Kerri Suriyadagi inqirozni faqatgina siyosiy yo‘l bilan hal qilish mumkinligini aytdi

Armaniston mustaqilligining 24 yilligi nishonlanmoqda>>

Bugun, 21 sentabr kuni Armaniston fuqarolari mamlakat mustaqilligining 24 yilligini nishonlaydi. Shu kuni poytaxt Yerevan shahrida bir qator bayram marosimlarini o‘tkazish rejalashtirilgan

OAV: Nigeriyada sodir bo‘lgan bir necha teraktlar qurbonlari soni 50 nafarga yetdi>>

Nigeriyada sodir bo‘lgan bir necha teraktlar natijasida 50 kishi qurbon bo‘ldi, yana 95 kishi jarohat oldi

BMTda xalqaro tinchlik kunini nishonlanadi>>

Birlashgan Millatlar Tashkiloti qurolli mojarolar avj olgan shiroitda Xalqaro tinchlik kunini nishonlamoqda. Mazkur sana arafasida BMT bosh kotibi Pan Gi Mun barcha harbiy harakatlar ishtirokchilarini bir kun davomida qurol-yarog‘larni yig‘ishtirib, qarama-qarshiliklarni to‘xtatib turishga chaqirdi

Top