17:25 / 22.09.2015
10040

Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasidagi banklarda hisob raqam ochish tartibini soddalashtirdi

Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasidagi banklarda hisob raqam ochish to‘g‘risidagi qarorga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Norma.uz internet-nashrining aniqlik kiritishicha, endilikda bankda hisob raqam ochish uchun instruksiyada ko‘rsatilgandan boshqa qo‘shimcha hujjatlar qabul qilinishi qat'iyan taqiqlanadi. Ilgari O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq ba'zi vaziyatlarda tegishli qo‘shimcha hujjatlar ham so‘ralishi mumkin edi.

Qayd qilinishicha, endilikda yuridik shaxs biror bankdan hisob raqam ochganidan keyin boshqa bir bankdan ikkilamchi depozit sifatida milliy va xorij valyutasidagi yangi hisob raqam ochishi mumkin bo‘ladi. Faqat buning uchun ro‘yxatga olingan hududdagi soliq idorasini xabardor qilish kerak bo‘ladi.

Qaror bo‘yicha belgilangan boshqa o‘zgarishlar manbada ko‘rsatib o‘tilgan.

Top