19:04 / 22.09.2015
2787

Misrda 5 tonna marixuana olib ketilayotgan kema qo‘lga olindi

Misrning Xurgada shahri yaqinida 5 tonna marixuana olib ketilayotgan kema qo‘lga olindi. Bu haqda The Ciaro Post nashri xabar berdi.

Giyohvand moddalar yelkanli yaxta bortida aniqlandi. Shuningdek, tekshiruv jarayonida 95ta mobil telefoni ham topildi. Kemada hech kim yo‘q edi. Ayni paytda qirg‘oq himoyasi xizmati yaqin atrofdan gumondorlarni qidirmoqda.

Harbiy axborot manbalarining qayd etishicha, shu kabi yuklar muntazam ravishda Sinay hududiga olib kelinib, shu yerda gihyovand moddalar butun Misr bo‘ylab tarqatiladi.

Top