Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NEXT savdo majmuasi imkoniyati cheklangan bolalar uchun ijtimoiy loyiha tashkil qiladi
Imkoniyati cheklangan bolalar uchun NEXT savdo-ko‘ngilochar majmuasi “Har bir bolaga xursandchilik va quvnoq kayfiyat” – deb nomlangan ijtimoiy loyiha tashkil etmoqda. Bu ijtimoiy loyihaning asosiy maqsadi ruhiy va jismoniy rivojlanishida nuqsoni bulgan bolalarning murg‘ak qalbiga quvonch va quvnoq kayfiyat ulashish hisoblanadi.
NEXT savdo-ko‘ngilochar majmuasi o‘sib kelayotgan avlodni ma'naviy va marifiy jihatdan to‘g‘ri tarbiyalashda o‘z hissasini qo‘shib, shu sohada zarur bo‘lgan chora–tadbirlarni amalga oshirib kelmokda. Shu jumladan, mehribonlik uylarida tarbiyalanayotgan daun, autizm, DTsP va aqli zaif bolalar uchun, NEXT savdo-ko‘ngil ochish majmuasi ularni tashrif buyura olmasliklarini inobatga olib shu ijtimoiy loyiha, ya'ni “Yura davriga sayohat” maskanidagi dinozavr maketini (Tiranazavr Reks) va qiziqarli Sehrgar shousi bilan bolalar uylariga tashrif buyurishga qaror qildi. Tashrif doirasida, 2015 yilning 25 sentabr kuni Toshkent shahrining Yunusobod va Yakkasaroy tumanlardagi bir nechta mehribonlik uylarida tarbiyalanayotgan bolalarning qalbiga quvonch va quvnoq kayfiyat ulashish uchun nafaqat ajoyib tomoshalar, balki dinozavrlar haqida ilmiy va tarixiy ma'lumotlarni taqdim etish o‘rin olgan.
“Ijtimoiy mas'uliyat ish jarayonimizda alohida o‘rin egallaydi. Biz uchun oilaviy qadriyatlar xamda aholining sog‘lom turmush tarzi muhim ahamiyatga ega, shuning uchun barkamol avlodni voyaga yetkazishda oz bo‘lsada o‘z hissamizni qo‘shishni burchimiz deb bilaman”, - deb ta'kidladi “Ilmiy laboratoriya”ning ilmiy rahbari Nodira Ibrohimova.