Fan-texnika | 18:03 / 22.09.2015
4341
1 daqiqa o‘qiladi

Opera internet-brauzeri yangi firma uslubini taqdim etdi

Opera internet-brauzeri yangi firma uslubini taqdim etdi. Shuningdek unda kompaniya logotipi ham o‘zgargani ma'lum qilindi, deb yoziladi kompaniya blogida.

«Yangi brend – bu murakkab struktura, shunchaki ikonka, rang va shriftlarni almashtirish emas. Bu bizning mahsulotlarimiz tariximizdagi butunlay yangi bir birlashgan tizim», deyiladi xabarda.

Shuningdek xabarda yozilishicha, yangicha ko‘rinishdagi Opera logotipi tushirilgan Opera mini ilovasi iOS va Opera Mediaworks platformalari uchun qo‘llanilishi boshlangan. Bir necha oy ichida Operaning barcha turdagi xizmatlari: kompyuter, Android operatsion tizimi boshqa xizmatlari uchun yangicha ko‘rinish joriy etiladi. 

Ma'lumot o‘rnida ta'kidlab o‘tish joiz, Opera internet-brauzeri hozirda bir milliarddan ortiqroq mijozlarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.