Jamiyat | 10:34 / 22.09.2015
2065
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Ashxaboddagi kitob ko‘rgazmasida qatnashadi

O‘zbekiston delegatsiyasi Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahridagi X Xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi va uning doirasida tashkil etiluvchi “Kitob – hamkorlik va taraqqiyot sari yo‘l” ilmiy konferensiyasida ishtirok etadi.

Forumda yurtdoshlarimizdan tashqari AQSh, Britaniya, Avstriya, Germaniya, Rossiya, Turkiya, Italiya, Koreya Respublikasi, Eron, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Armaniston va boshqa davlatlardan 140ga yaqin nashriyot uylari va poligrafiya tashkilotlari, tadbirkor va adabiyot doiralari vakillari ishtirok etadi.

Delegatsiyalar tarkibida mashhur adabiyotshunoslar, tarjima ustalari, olimlar, rassom-illyustratorlar, jurnalistlar, shuningdek, mazkur sohadagi davlat va yirik ilmiy-ta'limiy tuzilmalar – Kembrij, Oksford va Illinoys universitetlari, Ivan Fedorov nomidagi Moskva davlat nashriyot universiteti, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Rossiya Fanlar akademiyasi va boshqalar vakillari kirgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish