19:36 / 22.09.2015
6123

O‘zbekiston ko‘mir briketlarini qo‘llashga o‘tmoqda

O‘zbekistonda oxirgi bir yarim yil ichida O‘zbekistonda ko‘mir briketlari ishlab chiqaruvchi 31 fabrika ishga tushirilgan. Ularning umumiy quvvati yiliga 240 ming tonna ko‘mir ishlab chiqarish layoqatiga ega, deb ma'lumot beradi “O‘zbekko‘mir” bosh direktori Nosirjon Umarov.

2015 yilning 2 iyulidan boshlab respublikada kuchga kirgan tartibga ko‘ra, ko‘mir faqat maxsus distribyutorlik markazlari orqali sotilib, ularning sekin-asta ko‘mirga o‘tishi ko‘zda tutilgan.

Umarovning so‘zlariga qaraganda, fabrikalar Andijon, Namangan, Farg‘ona, Toshkent, Samarqand, Navoiy, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda tashkil etilgan.

Bugungi kunga qadar distribyutorlik markazlari 8.9 ming tonna ko‘mir briketlarini realizatsiya qilgan bo‘lib, ulardan 5.6 ming tonnasi byudjyet tashkilotlariga, 3.3 ming tonnasi aholiga yetkazilgan.

Top