Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik menejyerlar Germaniyada stajirovka o‘taydilar
8-19 sentabr kunlari Yevropa menejment va texnologiyalar maktabi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Top-menejyerlar uchun korporativ boshqaruv” o‘quv kursining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Kurs mashg‘ulotlarini o‘tkazishda maktab o‘qituvchilari Frantsiska Frank, Gregor Xalf, Nils Krasselt, Xans-Yoaxim Shram, Antoni Shatlvors va Till Talaulikarlar ishtirok etdilar.
Birinchi bosqichda 80 tinglovchi ishtirok etdi. Ular “O‘zqurilishmateriallari”, “O‘zprommashimpeks”, “O‘zbekneftgaz”, “Dori darmon”, “O‘zbek metallurgiya kombinati”, “O‘zdonmahsulot”, “O‘zbekiston pochtasi”, “Kafolat”, “O‘zvinosanoat-xolding” va boshqa tashkilotlari rahbarlari bor edi.
Kurs yakunlariga ko‘ra tinglovchilariga tegishli sertifikatlar topshirildi.
O‘zbekiston davlat raqobat qo‘mitasining xabar qilishicha, ikkinchi bosqich joriy yilning oktabrida bo‘lib o‘tadi.