12:46 / 22.09.2015
7714

O‘zbekistonlik o‘smir internet-ma'shuqasiga pul topaman deb narkodilerga aylandi

Internet tarmog‘i orqali bir qiz bilan tanishib, uning ko‘nglini olishga intilgan o‘smir qarzga botib, uni uzish uchun giyohvand moddalar tarqatish bilan shug‘ullanishga majbur bo‘ldi. Bu haqda “Huquq olamida” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, Shohruh ismli yigit internetdan Aziza degan qiz bilan tanishib, u bilan bir necha oylar mobaynida telefon orqali suhbat qurib borgan. Bir kuni qiz unga qo‘ng‘iroq qilmay qo‘ygan hamda uning qidiruvlariga javob bermagan. Internet orqali olib borilgan suhbat chog‘ida Aziza Shohruhga telefoniga pul tashlay olmayotganini, imkoni bo‘lsa, uning hisobiga 300 ming so‘m tashlab qo‘yishni iltimos qilgan.

Yigitlik g‘ururi ustun kelgan Shohruh unga yo‘q deya olmay, Komil ismli tanishidan qarz olgan va ko‘rsatilgan raqamlarga pul o‘tkazgan. Ammo shundan so‘ng qizning telefon raqami va internetdagi sahifasi o‘chirilib, u “radarlardan” g‘oyib bo‘lgan.
Komil esa Shohruhning qarzi uch oy ichida yana 200 ming “tuqqani”ni ro‘kach qilib, giyohvand moddalar tarqatish bilan shug‘ullanishga majbur qilgan. Yigit har qancha qarshilik ko‘rsatmasin, ota-onasi sirlarini bilib qolishidan qo‘rqib, tanishining talablarini bajarishga majbur qilgan.

Komil IIV xodimlari tomonidan qo‘lga olingach, u o‘z ketidan Shohruhni ham ergashtirib ketgan.

Top