20:12 / 22.09.2015
5949

"O‘zbekko‘mir" AJ: Respublika aholisi 1 dekabrgacha ko‘mir va ko‘mir briketlari bilan ta'minlanadi

Joriy yilning 22 sentabr holatiga ko‘ra, “O‘zbekko‘mir” AJ da ko‘mir qazilishi 2,6 mln. tonnani tashkil etdi.

2015 yil yanvaridan 22 sentabr kunigacha bo‘lgan vaqt davomida 2,7 mln.tonna ko‘mir yetkazib berildi (95 foiz), shu jumladan «O‘zbekenergo» AJ ga 2,2 mln. tonna, byudjyet sohasi tashkilotlariga 246,5 ming tonna, aholiga 167,0 ming tonna, birja savdolari orqali va boshqa tashkilotlarga 68,8 ming tonna.

Aholi, byudjyet sohasi tashkilotlarni va iqtisodning real sohasi korxonalarini uzluksiz ko‘mir bilan ta'minlash maqsadida, hamda ko‘mirni sotish bo‘yicha yig‘ilib qolgan kechikishni qoplash maqsadida ko‘mir va ko‘mir briketlarini yetkazib berishning yetib olish tarmoq jadvallari ishlab chiqilgan va tasdiqlangan, ularga asosan byudjyet sohasi tashkilotlari ko‘mir va ko‘mir briketlari bilan joriy yilning 1 noyabrigacha, aholi esa, 1 dekabrgacha ta'minlanadi.

Shuningdek, respublika iste'molchilariga ko‘mir yetkazib berilishini ta'minlash maqsadida 2015 yilning yanvar-22 sentabr davrida 2,6 ming tonna miqdorida (100,9 foiz) ko‘mir yetkazib berildi, shu jumladan «O‘zbekko‘mir» AJ bo‘yicha – 2 436 ming tonna (106,1 foiz), «Apartak» MChJ – 68,2 ming tonna (32,3 foiz), «Shargunko‘mir» – 89,1 ming tonna (122,1 foiz).

Ayni vaqtda ko‘mir oluvchilarning yagona elektron ma'lumotlar bazasini yaratish bo‘yicha ish olib borilmoqda, u kompaniyaning hududiy distribyutor markazlarida o‘zbekistonliklarga xizmat ko‘rsatish vaqtini qisqartirish imkoniyatini yaratadi. Hozirgi kunda respublikaning barcha viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 14ta hududiy distribyutor markazi yaratilgan, ular mamlakatning barcha mintaqalarida zarur bo‘lgan omborxona va ma'muriy xo‘jalik binolar, avtomexanizmlar va maxsus texnika bilan jihozlangan, aholi va byudjyet tashkilotlarga ko‘mir mahsulotlarini xarid qilish bilan shug‘ullanayotgan 72ta filialga ega.

Top