11:48 / 22.09.2015
3657

Qirg‘izistonda YeIIga a'zolikdan so‘ng bojxona to‘lovlari hajmi ko‘paydi

Qirg‘izistonda YeIIga a'zolikdan so‘ng bojxona to‘lovlari hajmi ko‘paydi
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayevning fikricha, mamlakatning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilish haqidagi qarori juda to‘g‘ri bo‘lgan.

Bu haqda uning seshanba kuni Bishkekda ish boshlagan Qirg‘iziston-Rossiya mintaqalararo to‘rtinchi konferensiyasi ishtirokchilariga yo‘llangan murojaatda aytildi.
Davlat rahbari a'zolikdan so‘ng bojxona to‘lovlari biroz ko‘tarilganini qayd qilib o‘tdi.
“Bizning ishlab chiqaruvchilarimiz uchun yangi bozorlar va imkoniyatlar ochildi. Bir oy ichida bojxona to‘lovlari oshib, tijoriy faoliyat jonlandi”, - deyiladi murojaatnomada.

Top