11:26 / 22.09.2015
4047

Qo‘qonda olib qochib ketilgan Lacetti bir soatda to‘xtatib qolindi

Qo‘qonda olib qochib ketilgan Lacetti bir soatda to‘xtatib qolindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Aytilishicha, qo‘qonlik Raimjon ismli xususiy tadbirkor IIBga murojaat qilib, Lacetti rusumli avtomashinasining o‘g‘irlab ketilganligini aytgan.
Holat yuzasidan viloyat hududida e'lon qilingan “To‘sib ushlash” tadbiri natijasida o‘g‘irlig‘ mashina 1 soat ichida topilgan. Avtomobilni olib qochib ketgan shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Top