14:31 / 22.09.2015
3869

Qozog‘iston bosh muftiysi qurbonlik chog‘ida selfi tushmaslikka chaqirdi

Qozog‘iston musulmonlar diniy boshqarmasi raisi, oliy muftiy Yerjon hoji Malg‘ajio‘g‘li Hayit chog‘ida qurbonlikka keltirilayotgan jonivorlar fonida selfi tushish noto‘g‘riligini ta'kidladi.

“O‘zingning xayrli ishing bilan maqtanishing mumkin emas. Buni foto yoki videoga olib, odamlarga ko‘rsatish maqtanishga sabab bo‘lmaydi”, - uning so‘zlarini keltirida KTK telekanali.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq O‘zbekiston muftiyati rahbarining o‘rinbosari shayx Abdulaziz Mansur Hayitda qurbon keltiriladigan qo‘ylarni bezatish mumkin emasligini aytib o‘tgan edi.

“Qadimda qurbonlikka mo‘ljallangan jonivorlarga belgilar qo‘yishgan. Ularga tasma bog‘lashgan yoki qizil buyoq tekizishgan. Lekin ularni bezatishmagan, bu bizning dinimizga xos emas”, - tushuntirdi u.

Top