08:53 / 22.09.2015
2644

Qozog‘iston YeOIIga kirmaydigan davlatlardan Qirg‘iziston orqali tashishlar miqdorini cheklab qo‘ymoqchi

Qozog‘iston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirmaydigan davlatlardan Qirg‘iziston orqali mahsulotlar tashish miqdoriga ruxsat beruvchi maxsus ruxsatnoma blankalarini kiritishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Qozog‘iston Investitsiyalar va rivojlanish vazirligi transport qo‘mitasi raisi Asad Asovboyev iqtisodiy siyosat bo‘yicha Senat qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishida tegishli qonun loyihasining ko‘rib chiqilishi davomida ma'lum qildi. Bu haqda BNews.kz muxbiri ma'lum qildi.

“Qozog‘iston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi bayonnomaga ko‘ra uchinchi davlatlar chiqishlari va tashishlariga ruxsat berish tizimini kiritish ko‘zda tutilgan. Bu tashishlar ikki davlatga tegishli hamda tranzit emas, shuning uchun ularga barcha shartlar saqlanib qoladi: ular ruxsatsiz amalga oshiriladi. Biroq YeOIIga kirmaydigan uchinchi davlatlardan tashishlarga ruxsatnoma blankalari kerak bo‘ladi”, deb aytdi Asovboyev.

Asovboyevning aytishicha, ushbu qonun loyihasi YeOII kelishuvining ruxsatsiz ichki tranzit tashishlar bo‘yicha bandiga mos keltirishga va bir vaqtning o‘zida mahalliy tashuvlarning manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan.

“Ruxsatnoma tashish sonini cheklaydi. Misol uchun Turkiya avtomobillar parki Qozog‘istonnikidan katta. Shuning uchun cheklovchi blanka asosida tartiblashtirish bo‘lmasa, unda bizning tashuvchilar bu bozorni egallay olmaydilar: chunki turklarning mashinalari ko‘p va shuning uchun ular ko‘proq tashiydilar. Misol uchun, hamkorlarimizda 30 mingta, bizda esa 5600 ta mashina bo‘lsa, unda 5 mingta tashishga ruxsat beramiz.

Agar ular o‘zlariga ajratilgan kvotani tugatgan bo‘lsalar, ya'ni 5 mingta tashishni amalga oshirishgan bo‘lsalar, unda qozog‘istonlik tashuvchilar ham 5 mingta tashishni amalga oshirishlari kerak bo‘ladi. Va shundan keyingina biz qo‘shimcha kvotalar beramiz. Tenglik shartlarida kvota belgilangan va hamma shu kvota doirasida tashishlarni amalga oshirishi kerak”, deb tushuntirmoqda Asovboyev.

Top