Rossiya chempionati, 9-tur: Odil Axmedovning goli “Krasnodar”ni “Ural”dan mag‘lubiyatga uchrashdan saqlab qololmadi
Rossiya Premer-ligasining 9-turida “Ural” jamoasi o‘z maydonida “Krasnodar” ustidan 3:1 hisobida g‘alabaga erishdi. “Ural”ning musobaqadagi mag‘lubiyatsiz seriyasi 4 o‘yinga yetdi.
Uchrashuvning 22-daqiqasida mezbon jamoa futbolchisi Odil Axmedov o‘yindagi hisobni ochdi. 36-daqiqada Vyacheslav Podberyozkin hisobni tenglashtirdi.
69-daqiqada Xerson Asevedo “Uralni” hisobda oldinga olib chiqdi. 74-daqiqada Pablo Fontanelo o‘yindagi yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Ayni paytda “Krasnodar” 12 ochko bilan jadvalda 8-o‘rinni egallamoqda. “Ural” ham 12 ochko to‘plagan holda 9-o‘rinda bormoqda.
10-turda “Krasnodar” o‘z maydonida “Terek” bilan, “Ural” esa mehmonda “Rubin” bilan o‘ynaydi.
Rossiya Premer-ligasi 9-tur
Ural (Yekaterinburg) – Krasnodar (Krasnodar) – 3:1
Gollar: Axmedov, 22 (0:1); Podberyozkin, 36 (1:1); Asevedo, 69 (2:1); Fontanelo, 74 (3:1).
Turning yana bir uchrashuvida “Dinamo” va “Rubin” jamoalari 0:0 hisobida durang natija qayd qilishdi.
9-turdan keyin “Dinamo” 13 ochko bilan jadvalda 7-o‘rinda bormoqda, “Rubin” esa 7 ochko bilan 12-o‘rinni egallamoqda.
Dinamo (Moskva) – Rubin (Kazan) – 0:0
10-turda “Dinamo” mehmonda “Krylya Sovetov” bilan, “Rubin” esa o‘z maydonida “Ural” bilan to‘qnashadi.