Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik musulmonlar Mozambikda Qurbon hayitida so‘yiladigan qo‘ylar uchun 20 ming dollar jamg‘arishdi
Rossiyalik musulmonlar Mozambiklik dindoshlariga Qurbon hayitida qurbonlik qilishi uchun taxminan 200ta qo‘yga yetadigan mablag‘ni yuborishmoqda. Bu haqda TASS Rossiya Federatsiyasi Musulmonlar diniy boshqarmasi ma'lumotiga asoslanib xabar qildi.
“Biz har bir bosh uchun 100 dollardan 200ta qo‘yga yetadigan mablag‘ni jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldik”, - deya xabar berdi boshqarma vakili. Mazkur tashkilot yirik bayramlar arafasida “Zakot” xayriya jamg‘armasi bilan hamkorlikda kam ta'minlanganlar, nafaqaxo‘rlar, nogironlar hamda Afrika aholisi uchun mablag‘lar yig‘adi. 2015 yilda aholisining taxminan 18 foizi islomga e'tiqod qiladigan Mozambik mamlakatiga yordam ko‘rsatish belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, 2015 yilda Qurbon hayiti 24 sentabrda nishonlanadi.