Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 06:30 / 22.09.2015
2349
1 daqiqa o‘qiladi
Somalida prezident saroyi yonida terrorchi avtomobilni portlatib yubordi
Somali poytaxti Mogadishoda prezident saroyi yonida terrorchi-xudkush minalashtirilgan avtomobilni portlatib yubordi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Mahalliy politsiya vakilining aytishicha, portlash qurbonlarga olib kelgan, biroq ularning aniq soni haqida hech qanday ma'lumot berilmagan.
Mogadishoda iyul oyida yuz bergan portlash oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘lgan edi.
Somalidagi teraktlar “Ash-Shabob” radikal guruhining faoliyati bilan bog‘lanib kelinadi.