Sport | 12:27 / 22.09.2015
2957
2 daqiqa o‘qiladi

Xalk nogiron bola uchun xayriya mablag‘i yig‘ish tadbirida qatnashib, Nevskiy prospektida qo‘shiq kuyladi

"Zenit" jamoasining braziliyalik hujumchisi Xalk Sankt-Peterburgdagi Nevskiy prospektida o‘tkazilgan kichik xayriya tadbirida ishtirok etdi va "Davay-davay!" nomli ushbu tadbirni yakunladi. Bu haqda piterliklar jamoasi rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Muxlislar Artyom Dvurechenskiy ismli nogiron bolaga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun talab qilinadigan 1 million 335 ming 461 rublni yig‘ib bo‘lishdi va Xalk shahar markaziga avval va'da qilgan ishni amalga oshirish uchun yo‘l olgan.

Ushbu tadbir 2015 yilning boshida start olgan, unda o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra Rossiyaning eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor bo‘lgan Xalk birinchilardan bo‘lib o‘z ishtiroki haqida ma'lum qilgandi.

"21 sentabr kuni Xalk o‘z va'dasiga binoan ertalabki mashg‘ulotlardan keyin, yomg‘ir yog‘ib turgan mahalda shahar markaziga yo‘l oldi va o‘zini kutib turgan Artyomga o‘z ismi tushirilgan futbolkani kiydirib qo‘yib, qo‘shiq kuylashni boshladi. Xalk o‘zining "mo‘'jazgina konserti" uchun Braziliyadagi eng mashhur qo‘shiqlardan biri Ai Se Eu Te Pego qo‘shig‘ini tanladi", deyiladi xabarda.

Shaharliklar yarim daqiqa o‘tmasdan uning atrofini o‘rab olishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish