Jamiyat | 08:44 / 23.09.2015
1621
1 daqiqa o‘qiladi

2015 yilda 4 ming nafardan ziyod qirg‘izistonlik haj ibodatini ado etmoqda

2015 yilda 4 ming 185 nafar Qirg‘iziston fuqarosi haj ibodatini ado etmoqda. Bu haqda 24.kg axborot agentligi Musulmonlar diniy idorasi xabariga asoslanib xabar bermoqda.

Ularning ma'lumotiga ko‘ra, yaqinda Saudiya Arabistoni qo‘shimcha ravishda Qirg‘iziston uchun 500ta kvota ajratdi.

“Kvotalar navbatlar mavjud bo‘lgan va ko‘proq arizalar kelib tushgan hududlarga ajratildi. Natijada 16-17 sentabr kunlari yurtdoshlarimiz Makkaga uchib ketishdi. Avvalroq biz barcha kvotalardan foydalana olmaymizmi, degan xavotirda edik. Viza olishda va parvozlar bilan bog‘liq muammolar bo‘ldi, ammo biz o‘z muddatlarida ulgurdik”, - deya oydinlik kiritildi.

O‘tgan yili Saudiya Arabistoni Qirg‘iziston uchun 3685 o‘rin ajratgan edi. Nomzodlarni tanlash elektron qur'a tashlash yo‘li bilan amalga oshirildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish