18:20 / 23.09.2015
2234

BMW McLaren bilan hamkorlikda superkar yaratayotganini inkor qildi

BMW kompaniyasi McLaren firmasi bilan birgalikda superkar yaratish ustida ishlayotganini inkor qildi. Bu haqda BMW M GmbH bo‘linmasi direktori Frank van Milga tayangan holda Motoring nashri xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga qaraganda, u ham, Bavariya markasining bosh direktori Garald Kryuger ham, BMW yangi tadqiqot va ishlanmalar bo‘limi boshlig‘i Klaus Rolix ham Britaniya firmasi bilan qo‘shma loyiha borasida muzokara olib bormagan.

“Biz McLaren kompaniyasiga qoyil qolamiz, ular bilan ilgari hamkorlik qilganmiz, ammo hozirlikda bunday masala kun tartibida yo‘q”, - uning so‘zlarini keltiradi nashr.

Top-menejyerning ma'lum qilishicha, ayni paytda kompaniyaning asosiy sportkari yangi chiqarilgan i8 gibridi bo‘lib, uning hayotiy silsilasi davomida raqobatchi superkar ishlab chiqarish rejada ko‘zda tutilmagan.

Top