Jamiyat | 16:58 / 23.09.2015
2453
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyada 10 yil noqonuniy yashagan eronlik o‘zining deportatsiya qilinishini so‘radi

Angliya shimolidagi Manchester shahrida o‘n yil noqonuniy ravishda yashagan Eron fuqarosi politsiyaga taslim bo‘lib, o‘zini vataniga deportatsiya qilishlarini so‘radi.

“Manchesterdagi 10 yillik hayotidan charchagan erkak kishi o‘zini Eronga – vataniga qaytarishni so‘rab murojaat qilganidan so‘ng qo‘lga olindi”, - deya xabar berdi Manchester politsiyasi dushanba, 21 sentabr kuni o‘zining Twitter mikroblogida.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Yevropa Ittifoqi Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng katta muhojirlar inqirozini boshdan kechirmoqda. 2015 yil boshidan buyon YeI hududiga 500 ming nafardan ziyod Yaqin Sharq va Shimoliy afrikalik qochqinlar kirib kelgan. Ular soni kundan-kunga ortib bormoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish