07:47 / 23.09.2015
2891

Bundesliganing 6-turida "Bavariya" Levandovskining 5ta goli evaziga "Volfsburg"ni mag‘lub qildi

22 sentabr oqshomida Germaniya chempionatining 6-turi boshlandi. Bu tur doirasida «Bavariya» o‘z maydonida turnir jadvalida 3-o‘rinda ketayotgan «Volfsburg»ni qabul qildi va yirik hisobda mag‘lub etdi.

O‘yinda dastlab mehmonlar hisobni ochishgandi. Ikkinchi bo‘limda esa myunxenliklar safida zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan polshalik hujumchi Robert Levandovski paydo bo‘ldi va 9 daqiqa ichida 5ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Jamoaning barcha gollariga mualliflik qilgan Levandovski jamoaga 3 ochko olib berdi va endilikda jamoa turnir jadvalida hozircha birinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Dortmundning "Borussiya" jamoasi o‘z o‘yinini bugun "Xoffenxaym" jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Germaniya chempionati, 6-tur
Bavariya – Volfsburg 5:1 (0:1, 5:0)
Gollar: 0:1 – 26 Kalijuri, 1:1 – 51 Levandovski, 2:1 – 52 Levandovski, 3:1 – 55 Levandovski, 4:1 – 57 Levandovski, 5:1 – 60 Levandovski.
Bavariya – Noyyer, Lam, Boateng, Alaba, Bernat (Martines, 46), Vidal, Xabi Alonso (Kimmix, 78), Alkantara (Levandovski, 46), Duglas Kosta, Myuller, Gettse.
Volfsburg – Benalo, Tresh, Naldo, Dante, Rodriges, Kalidjuri, Gilavogi, Luis Gustavo (Arnold, 59), Draksler, Dost (Bendtner, 78), Kruze (Shyurrle, 78).

Shuningdek, kecha o‘tkazilgan o‘yinlarda "Verder" "Darmshtadt"dan safarda malub bo‘lib qaytdi, "Gamburg" esa safarda "Ingolshtadt-04"ni mag‘lubiyatga uchratdi. "Gerta" va "Keln" uchrashuvida mezbonlar g‘alaba qozondi.

Darmshtadt – Verder 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 19 Yuxannsson, 1:1 – 31, penalti Vagner, 2:1 – 84 Vagner.
Darmshtadt – Mateniya, Garich, Sulu, Kaldirola, Xolland (Dias, 36), Xeller, Nimayyer, Gondorf, Raush (Kempe, 64), Rozental (Shtro-Engel, 90), Vagner.
Verder – Vidvald, Gebre Selassi, Lukimya, Vestergor, Garsiya, Bartels, Fritts, Galves (Yunuzovich, 72), Shternberg (Frede, 89), Yuxannsson (Pisarro, 82), Udja.

Ingolshtadt-04 – Gamburg 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 87 Gregorich.
Ingolshtadt-04 – Ozdjan, Levels, Matip, Xyubner, Zuttner (Brejyeri, 88), Gross, Rojyer, Morales, Leks (Bauer, 81), Xinterzeyer (Kachunga, 71), Lekki.
Gamburg – Drobni, Dikmayyer, Djuru, Spaxich, Ostjolek, Kachar, Xoltbi (Kleber Reys, 89), Myuller (Gregorich, 65), Xunt, Ilichevich (Dias, 65), Lasogga.

Gerta – Keln 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 43 Ibishevich, 2:0 – 90 Ibishevich.
Gerta – Yarsteyn, Vayzer, Shtark, Lustenberger, Plattenxardt, Xaraguti (Jigerji, 90), Shelbred, Darida, Shtoker (van den Berg, 67), Ibishevich, Kalu (Baumyoxann, 71).
Keln – Xorn, Olkovski (Tsoller, 60), Sorensen, Xaynts, Xektor, Risse, Lemann, Fogt (Gerxardt, 64), Bitenkur (Xoziner, 67), Modest, Osako.

Top