12:47 / 23.09.2015
3192

"Bunyodkor" FK bosh direktori Baxtiyor Boboyev jamoa bosh murabbiyi sifatida ham ishlashda davom etadi

Sergey Lushchan iste'foga chiqqanidan keyin, “Bunyodkor” FK rahbariyati asosiy jamoaning O‘zbekiston chempionati va kubogidagi ishtiroklari uchun javobgarlik mas'uliyatini klubning bosh direktori Baxtiyor Boboyev zimmasiga yuklatishni ma'qul topdi. Bu haqida jamoaning rasmiy saytida ma'lum qilingan.

"Baxtiyor Boboyev futbol jamoatchiligiga bir qancha jamoalardagi ishtiroki, shuningdek “Kosonsoychi” va “Navbahor” jamoalaridagi murabbiyligi bilan yaxshi tanish. 1996 yili Baxtiyor Boboyev boshchiligida “Navbahor” mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan edi.

U Muborakning “Mash'al” futbol maktabini tashkil etish va shakllantirishga katta hissa qo‘shgan.

2007 yildan buyon “Bunyodkor” FKda faoliyat yuritib kelmoqda. Avvaliga klubning sport direktori, keyinchalik bosh direktor lavozimida faoliyat olib bormoqda. Baxtiyor Boboyev klub tizimidagi barcha ishlarga doimo boshchilik qilgan. Shuningdek, murabbiylar shtabi va asosiy tarkibdagi futbolchilarning imkoniyatlarini yaxshi biladigan mutaxassis hisoblanadi.

2015 yilgi mavsumning yakuniy bosqichidagi mas'uliyatli uchrashuvlarda Baxtiyor Boboyev va jamoaimizga muvaffaqiyatlar tilaymiz", deyiladi xabarda.

Top