14:29 / 23.09.2015
6558

Don Balon: Krishtianu Ronaldu "Real"ni tark etishga qaror qildi

"Real" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu madridliklar safini tark etishni istamoqda.

Don Balon nashrining xabariga ko‘ra, portugaliyalik futbolchining agenti Jorjye Mendesh allaqachon yangi klub izlashga tushgan.

Mavjud variantlar orasida eng yaxshi takliflar "Manchester Yunayted", "Manchester Siti" va "PSJ" klublariniki bo‘lib turibdi.

Ronalduning bunday kayfiyatiga sababchi bo‘lgan omil bu - "Qirollik klub"ning yangi o‘yin uslubi yarim himoyachi Garet Beylga qarab qurilishida bo‘lmoqda.

Ma'lumot uchun, 31 yoshli Ronalduning jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Biroz oldin berilgan xabarlarda, PSJ ushbu portugaliyalik futbolchi uchun 123 mln yevro berishga roziligi aytilgandi.

Top